Sport maktabi tarbiyalanuvchilari "samosud" uyushtirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryoda bir guruh sport maktabi tarbiyalanuvchilari “samosud” uyushtirib, katta janjal keltirib chiqardi" nomi ostida tarqalgan videoga rasmiy munosabat bildirildi.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2020 yilning 3 noyabr kuni sport maktabi direktori 31 yoshli Bekzod D. va 25 yoshli Jaxongir A.lar orasida kelib chiqqan janjal natijasida maktab direktoriga tan jarohati yetkazilgan.
Ertasi kuni soat 16:30 da Sho‘rchi tumanida yashovchi 37 yoshli Shuhrat E. o‘zining murabbiyi bo‘lgan sport maktab direktori Bekzod D.ga yetkazilgan tan jarohati uchun o‘ch olish maqsadida o‘zining tanishlari - 28 yoshli Abduvosit A., 26 yoshli Jasurbek A., 28 yoshli Baxodir D., 31 yoshli Jahongir U., 25 yoshli Oybek P., Azizbek Q., 29 yoshli Azamat H., 29 yoshli Sundarbek X.lar bilan birgalikda Sho‘rchi tumani Bobur mahallasida joylashgan oshxonada choy ichib o‘tirgan, 25 yoshli Jahongir A. va uning o‘rtoqlari 24 yoshli Xurshid A. hamda 26 yoshli Ravshan N.larning yoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan bita hamda qo‘llariga tushgan stul va boshqa jismlar bilan 25 yoshli Jahongir A.ni urgan vaqtida uning yonida o‘tirgan 26 yoshli Ravshan N. va 24 yoshli Xurshid A.lar bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rib, ajratmoqchi bo‘lganligi sababli ularni ham urib do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan holda bezorilik jinoyatini sodir etishgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida fuqaro Jahongir A. va Xurshid A.larga "yengil" tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 5 noyabrda Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Shuhrat E. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,v» va 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida 28 yoshli Abduvosit A., 26 yoshli Jasurbek A., 28 yoshli Bahodir D., 31 yoshli Jahongir U., 25 yoshli Oybek P., Azizbek Q., 29 yoshli Azamat H., 29 yoshli Sundarbek X. va 37 yoshli Shuhrat E.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, har biriga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Tergov yakuniga ko‘ra, yuqoridagi holatda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanadi.