Sud majlislarida jurnalistlar ishtiroki ta’minlanadi
- 01.04.2019 13:36
- 98
- Siyosat
Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida “Sudlar faoliyatida ochiqlik va oshkoralik prinsipini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli” mavzusida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Oliy sud sudyalari, viloyat sudlari raislari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Respublika Oliy sudi raisi K.Komilov hamda Oliy sudning boshqarma va departamentlari rahbarlari jinoyat, fuqarolik, ma’muriy hamda iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlarida ko‘rilgan ishlar xususida axborot berdi.
Videokonferensiya yakunida ishtirokchilar sudlar va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi o‘zaro amaliy hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolar va uni bartaraf etish yo‘llari, istiqboldagi vazifalarni muhokama qildi.
Abdug‘ofur SHERXOLOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa