Sudda sarson qilishmaydi, lekin sarson bo‘lasiz

Matbuotga qarasangiz islohotlar natijasida suddagi sarsongarchilikning oldi olindi, deyiladi. Ya’ni, endi oldingiday arzingizni qaysi sudga berishga qiynalmasligingiz aytiladi.

Lekin hamma vaqt ham shundaymi?

Qayd qilingan sud hujjati bilan tanishsangiz bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lasiz. Unga ko‘ra, o‘qishini SamDUga ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqaro universitet ma’muriyatidan norozi bo‘lib fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qiladi. Ammo sud bu biz ko‘radigan ish emas, deb qaytaradi.

Ma’muriy suddan ham ortga qaytgan fuqaro, to‘xtamaydi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudiga yuboradi. Viloyat sudi bu "Sening ishing", deb birinchi instansiyaga, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuboradi.

Tushunyapsizmi, avvalroq "Bu biz ko‘radigan ish emas", degan sud aslida ishni ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan.

Savol, ish nega aynan viloyat sudi hujjati bilan birinchi instansiyaga qaytarilmaguncha ko‘rilmagan?

Da’vogar fuqaro sud ishida SamDUni yutgan taqdirda ham o‘quv yili boshlanib bo‘ldi, deb masala baribir yechilmay qolmaydimi?