Samarqand viloyati sudi: Yarim yilda 2400 ta jinoyat, 21256 ta ma’muriy-huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilgan
- 14.07.2022 17:01
- 150
- Samarqand
Bu haqda Samarqand viloyat sudi raisi Olimjon Hayitov jurnalistlarga ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, mazkur davrda ko‘rib chiqilgan qariyb 3000 nafar shaxsga nisbatan 2400 ta jinoyat ishida 2272 nafar shaxsga hukm chiqarilgan. Tamomlangan jinoyat ishlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23 foizga oshgan.
Umuman jurnalistlar bilan muloqotda viloyat sudlari tomonidan barcha yo‘nalishda ma’lumot berildi. Xususan, yarim yillikda 25 ming nafardan ortiq shaxsga nisbatan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqilgan. 15887 nafar shaxsga ma’muriy jazo qo‘llash haqda hukm chiqarilgan.
Jami ma’muriy-huquqiy ishlar bo‘yicha qariyb 24 milliard so‘mlik jarima jazolari tayinlangan.
Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda 23 887 ta, Iqtisodiy sudlarda esa 5567 ish ko‘rib chiqilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa