Suv quvuri mavjud yer hisobdan chiqarildi
- 26.01.2019 12:18
- 76
- Jamiyat
Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Jamoatchilik nazorati guruhining 3-ishchi guruhi a’zolari ayni paytda Payariq tumanining Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inidagi Devarak qishlog‘ida aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning yashash tarzi va muammolarini o‘rganmoqda.
Xususan, ushbu qishloqda yashovchi D.Sharipova o‘ziga tegishli yer uchastkasida 2012 yilda suv osti nasosi quvurlari o‘rnatilganligi, oqibatda yer uchastkasidan foydalana olmayotgani, aksincha bu yer maydoni uchun yer solig‘i to‘layotganini aytib, ko‘mak so‘radi.
Natijada tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi xodimlari D.Sharipovaning yer uchastkasidagi suv osti nasosi quvurlari mavjud yer maydonini hisobdan chiqardi. O‘z navabatida fuqaro salkam yetti yildan beri yechilmay kelayotgan muammoning hal bo‘lganligi uchun ishchi guruhga o‘zining minnatdorchiligini bildirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa