Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi

“Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qaroriga ko‘ra, 2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.

Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:

➖“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;

➖“VVV”, “VV” va “V” toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;

➖“SSS”, “SS” va “S” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;

➖“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.