Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

Samarqand davlat chet tillar institutida saylov qonunchiligiga doir mavzularda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda har birida 5 nafardan ishtirokchisi bo‘lgan 10 ta jamoa qatnashdi.

Intellektual o‘yin 2 bosqichda tashkil etilib, har bir turda jamoa ishtirokchilariga 12 ta savol berildi. Savollar o‘zbek tilida, mantiqiy, “Nima? Qayerda? Qachon?” o‘yinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan darajada hamda saylov qonunchiligiga doir bo‘ldi.

Yakunga ko‘ra, birinchi o‘rinni Samarqand davlat chet tillar institutining "Everest" jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Samarqand davlat universitetining "Tafakkur" jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Gallaktikus” jamoasiga nasib etdi.