Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati bo‘limiga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respubliksasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining buyrug‘iga ko‘ra, Babaxolov G‘ayrat Tashbatirovich ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda "Daryo" muxbiri Farhold Norbo‘tayev xabar bermoqda.

G‘ayrat Babaxolov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavzozimida ishlab kelgan.

Shu vaqtga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Yuldashev Rustam Daniyorovich - Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.