Ta’lim va ishlab chiqarish jarayoni uzviy davom etishi kerak
2020 yilning 25 dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumida davlatimiz rahbari bir qator tashabbus va takliflarni ilgari surdi. Jumladan, o‘g‘il-qizlarni qiynayotgan jiddiy muammolardan biri bo‘lgan yoshlarning o‘qishni tamomlagandan keyingi hayoti va ularning bandligini ta’minlash masalasi.
Prezidentimiz maktab va kollej bitiruvchilari, ba’zan oliy ma’lumotli yigit-qizlarning ham ish topishda qiyinchilikka uchrayotganligini inobatga olib, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari tajribasini ommalashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu tizim, 7-11 sinf o‘quvchilariga maktabda ta’lim berish bilan birga ularni kasbga o‘rgatish tizimi sanaladi.
Tabiiyki, shu o‘rinda bu yoshlarga nima beradi degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob tariqasida shuni ta’kidlash joizki, yoshlar ta’lim olish bilan bir qatorda o‘zining kelajagi uchun ham zamin yaratadi. O‘quvchi 11-sinfda tuman yoki shahar hokimligining bevosita nazoratida ekanligini his qiladi. Agar oliy o‘quv yurtiga kira olmasa, mahalliy rahbarlar uni albatta ish bilan ta’minlaydi.
Masalaning yana bir jihati ish beruvchilar yosh mutaxassisni o‘z jamoasiga qabul qilishdan manfaatdor bo‘ladi, ularga yosh kadrlarni ishlatgan davri uchun tegishli imtiyozlar taqdim etiladi. Demak, ta’lim va ishlab chiqarish jarayoni uzviy davom ettiriladi.
Abdulla Aslonov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalalari bo‘yicha komissiyasi raisi.