Tanlov g‘olibi o‘qiyotgan maktabga 10 ta kompyuter sovg‘a qilindi

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan BMT Rivojlanish dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida o‘tkazilgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” nomli insholar tanlovida umumta’lim maktablari o‘quvchilari ham munosib ishtirok etdi.
Tanlovda qatnashgan Oqdaryo tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Kumush Abdurazzoqova umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-11 sinflari hamda litsey va kollej o‘quvchilari orasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘quvchiga tanlov tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
K.Abdurazzoqova ta’lim-tarbiya olgan Oqdaryo tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tanlov tashkilotchilari tomonidan 10 ta kompyuter jamlanmasi berildi.
Dilorom ABDURAHMONOVA.