Tarixni o‘zgartirib yuborgan xatolar
Hammamiz qachondir adashamiz. Bizning xatolarimiz kichik ko‘ngilsizlikdan tortib tuzatib bo‘lmaydigan holatgacha bo‘lgan turli oqibatlarga olib keladi. Ammo ayrim insonlarning omadsizliklari shu qadar ahamiyatli va ommaviy tus olganki, ushbu xatolar bir necha soniyada butun dunyoni o‘zgartirib yuborgan. Bir vaqtlar Vinston Cherchil tarixni g‘oliblar yozadi, degan edi, biroq mazkur nashr orqali siz har doim ham unday bo‘lmasligiga ishonch hosil qilasiz. Titanikni aysberg bilan to‘qnashuvidan tortib, Rossiya Alyaskani AQShga sotib yuborganigacha – ushbu nashrda insoniyat tarixidagi eng katta omadsizliklar va xatolarning bir qismi jamlangan.
Mao Szedunni chumchuqlarni qirib tashlash haqidagi buyrug‘i
1958 yilda Mao Szedun (Mao Zedong), Xitoy Xalq Respublikasi asoschisi, chumchuqlar bir yilda dalalardan qancha don mahsulotlarini yeb yuborishlarini hisoblab chiqqandan so‘ng, uning davlati chumchuq kabi jonivorlarsiz ham yaxshi yashaydi, degan qarorga keldi. O‘shanda u barcha chumchuqlarni qirib tashlashni buyurdi. Oradan 3 yil o‘tib, chumchuqlarni qirish, butun Xitoy ahlini ommaviy ocharchilikka mahkum etdi, chunki oziq–ovqat zanjiri uzilgan edi. Aynan chumchuqlar tomonidan yo‘q qilinadigan hashoratlar aqlga sig‘mas darajada ko‘payib ketishdi (ayniqsa chigirtkalar) va mamlakatning barcha hosilini (meva, poliz ekinlari, don mahsulotlari) yeb tugatishdi. Vaziyatni o‘nglash uchun Mao Szedun zudlik bilan xorijdan chumchuq xarid qila boshladi.
Napoleon va Gitlerni Rossiyaga qarshi qish ostonasida hujum boshlashi
Napoleon ham, Adolf Gitler ham o‘zlarini Rossiyani bosib olishga qaratgan harakatlarini yozda (1812 va 1941 yillar) boshlashgan. Biroq Rossiyaliklar ular kutgandan ko‘proq va shafqatsizroq qarshilik ko‘rsatishgan. Natijada ikkala holatda ham hujum boshlaganlar aynan qish faslida chekina boshlashgan. Napoleon armiyasi ham, Gitler armiyasi ham qattiq qish iqlimiga tayyor emasdilar. Tarixchilarning fikriga ko‘ra, aynan shu sababli ular shafqatsiz mag‘lubiyatga uchrashgan.
Apple aksiyalarining sotilishi
Ronald Ueyn Apple asoschilaridan biri edi. 1976 yilda u kompaniya kasodga uchrashidan cho‘chib o‘zining 10% aksiya ulushini 800 AQSh dollariga sotib yubordi. Afsus, o‘shanda u o‘sha 10% aksiya paketi hozirgi kunda 63 milliard dollar atrofida baholanishini bilmas edi.
Titanik halokati
Barcha davrlarning eng yirik yo‘lovchi laynerlaridan biri – Titanik o‘z davrida uni cho‘ktirishning iloji yo‘q deb hisoblashgan, biroq 1912 yilning aprelida o‘zining ilk Sofemptondan Nyu–Yorkgacha bo‘lgan sayohatida butun dunyo uning cho‘kib ketganidan hayratga tushdi. Baxtga qarshi Titanik okeanda aysberg bilan to‘qnashib ketdi, ushbu holat mazkur ulkan kemani 2224 yo‘lovchisidan 1500 yo‘lovchining vafotiga sabab bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi suvda muzlab qolishdi, chunki laynerda yetarli miqdorda oddiygina qutqaruv qayiqlari mavjud emas edi.
Rossiya Alyaskani AQShga sotib yuborishi
1867 yili 18 oktyabrda AQSh Rossiyadan Alyaskani bir akr uchun 2 sent (7.2 million dollarga teng oltin) bahosida sotib oldi. Rossiya hukumati, bu keraksiz tundradan boshqa narsa emas deb hisoblashdi va shimoldagi yer bilan osonlikcha xayrlashdi. Mazkur xalqaro bitimdan so‘ng, ko‘p o‘tmasdan u yerda 1880 – 1890 yillarda hozirgi kungacha davom etayotgan keng qamrovli oltin qazib olish ishlari boshlab yuborildi. Alyaskada hozirgi kunda ham Amerikaning boshqa shtatlariga qaraganda ko‘p qimmatbaho metall qazib olinadi, Nevadadan tashqari.
Penitsillining kashf qilinishi (Antihato)
Aleksandr Fleming (Alexander Fleming), shotlandiyalik biolog, farmatsevt va botanik ilmiy tadqiqotlari davomida gigiyena haqida ko‘p ham g‘amxo‘rlik qilmasdi. Aynan tozalikka e’tiborsizligi tufayli Fleming penitsillinni kashf etdi. Bir kuni tadqiqotchi uning tadqiqot namunalari ustida bakteriyalarni yo‘q qilayotgan mog‘or paydo bo‘lganini payqab qoldi. Shunday qilib birinchi antibiotik yaratildi.
London aholisi mushuklarni qirib yuborishi
1665 yili Buyuk London vabosi davrida odamlar, kasallikni tarqalishida bosh sababchi mushuklar ekanligi haqida shubhalana boshlashdi va shaharni vabodan tozalash maqsadida ushbu jonivorlarni qirib yuborishdi. Biroq mushuklar soni keskin kamayib ketgandan so‘ng kasallik yanada jiddiy tus ola boshladi. Chunki mushuklar haqiqiy kasallik tarqatuvchilari – kalamush va sichqonlarni ovlamay qo‘ygan edi. Londondagi Buyuk vabo epidemiyasi atigi 18 oyda, Buyuk Britaniya poytaxti aholisining o‘sha davrdagi chorak qismiga teng bo‘lgan 100 000 aholini hayotdan olib ketdi.
Novvoyni Londonga o‘t quyib yuborishi
Buyuk London vabosidan so‘ng bir yil o‘tar o‘tmas, Buyuk Britaniya poytaxti yana bir fojiani boshidan o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Tomas Farriner (Thomas Farriner) ismli novvoy ishdan chalg‘ib qoldi va uning Pudding Leyn (Pudding Lane) ko‘chasida joylashgan novvoyxonasi alanga ichida qoldi. Tez orada yong‘in butun shaharni qurshab oldi. Yong‘in 13 200 ta uy va 87 ta cherkovni yondirib kulga aylantirdi.
Konstantinopol darvozasining ochiq qolib ketishi
V asr yarmidan boshlab XIII asr boshigacha, arab, berber, bolgar va rus bosqinchilariga taslim bo‘lmagan Konstantinopol Yevropaning eng yirik va boy shahri hisoblanardi. 1453 yilda shahar Usmonli Turklar tomonidan qamal qilindi. Shaharliklardan kimdir shaharga kiradigan darvozalardan birini berkitmaydi va bosqinchilar o‘sha darvozadan ichkariga bostirib kirishadi. Aholini shafqatsizlarcha o‘ldirishadi yoki qullika olishadi, imperator Konstantin XI ham qatl qilishadi.
NASA Oyga inson qadami yetishi haqidagi video yozuvni adashib o‘chirib yuborgan
Bu holat bilan NASAdagilar g‘ururlanishmaydi, albatta. 1969 yilda Oyga qo‘nish yozib olingan tasmadagi video tasodifan o‘chirib yuborilgan va o‘sha tasmaning ustidan adashib yana ko‘plab video materiallar yozilgan. Hammasi mablag‘ni tejash maqsadida qilingan. Mazkur ko‘ngilsiz xatoni to‘g‘irlash maqsadida NASA Oyga qo‘nishni yangi rasmiy videolavhasini tayyorlash uchun ushbu voqeani ko‘rsatgan dunyodagi barcha telekanallardan videolavhalarni yig‘ib chiqdi va alohida raqamlik videolavha yaratdi.
Bekzod Musurmonov tarjimasi.