Tashabbusli byudjet amaliyoti uchun kelgusi yili 10 trln. so‘m ajratiladi
- 12.09.2023 16:01
- 76
- O‘zbekiston
Tashabbusli byudjet amaliyotini va mahallalarning moliyaviy mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2024 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 10 trillion so‘m ajratiladi.
Bu haqda joriy yil 11 sentyabr kuni imzolangan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.
Shundan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari uchun kamida 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi "Tashabbusli byudjet" loyihasining 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan jami 1666 ta loyiha uchun 1,6 trln. so‘mga yaqin, 2-mavsum g‘oliblari uchun esa tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi aytilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa