"Tashabbusli byudjet" tizimida xakerlik hujumi kuzatildi
- 29.08.2023 13:47
- 348
- O‘zbekiston
"Tashabbusli byudjet" jarayonining 2023 yil 2 mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 27 avgustdan boshlangan edi.
Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari foydalanuvchilar tomonidan tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilayotgani bo‘yicha e’tirozlar bildirildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu holat ovozlar sonini sun’iy ravishda ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga kelgan.
Bu kabi urinishlarning oldini olish uchun qo‘yilgan cheklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilishlar ro‘y bergan. Hozirda barcha zaruriy texnik choralar ko‘rilib, axborot portali faoliyati mo‘’tadillashtirilgani haqida ma’lum qilinadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa