Ta’tilda o‘quvchilar nima bilan band?

O‘quvchilarning qishki ta’tilini mazmunli va maroqli o‘tishini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tadbirlarda Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini keng hayotga tatbiq etish, o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini shakllantirish, o‘qish va izlanishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni paytda belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq o‘quvchilar o‘rtasida “Yurtim jamoli” yosh rassomlar ko‘rik-tanlovi, “Yangi yilga yangi qadam” mavzusida she’rxonlik kechalari tashkil etilmoqda. Unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilmoqda.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.