Temuriylar davri renessansi: fan, ta’lim va madaniyat taraqqiyoti”

Samarqand davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Germaniya va Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari professor-o‘qituvchilari, tarixchi olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar buyuk jahongirning faoliyati, kuchli markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi harbiy salohiyati, siyosiy va iqtisodiy tafakkuri haqida ma’ruzalar qildi. Samarqand va boshqa shaharlarda bunyod etilgan madrasalar, bu muassasalarda o‘z davrining yetuk olimlari saboq bergani, Sohibqiron dunyoning turli o‘lkalaridan nafaqat usta va hunarmandlar, balki ilm ahlini ham o‘z mamlakatiga chorlab ularga qo‘llab-quvvatlagani haqida tarixiy manbaalar asosida so‘z yuritildi.

– Temuriylar davlati zaiflasha boshlagan davr (XV asr oxiri – XVI asr boshlari)da mintaqada yuzaga kelgan siyosiy bo‘shliq, hokimiyat uchun keskin kurashlar yangi sulolalarning sahnaga chiqishiga sabab bo‘lgan, – deydi Turkiyaning turkshunoslik tadqiqotlari instituti professori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti ilmiy xodimi Shafoaddin Deniz. – Misol uchun, Temuriylar, Shayboniylar va Safaviylar o‘rtasidagi siyosiy raqobat nafaqat hududiy hukmronlik uchun kurash, balki madaniy va mafkuraviy ta’sir doiralarini belgilash uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bu jarayonlar Markaziy Osiyo tarixida yangi bosqichni boshlab bergan. Shu bilan birga, bu davrda ilm-fan va madaniy hayot to‘xtab qolmagan. Aksincha, hukmdorlar o‘z nufuzini mustahkamlash maqsadida olimlar, shoirlar va me’morlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan.

Anjuman yakunida Temuriylar davri merosini chuqur o‘rganish, uni zamonaviy ta’lim tizimiga integratsiya qilish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish yuzasidan taviyalar ishlab chiqildi.

Fazliddin Ro‘ziboyev.