Tibbiyot sohasida barcha vakansiyalar onlayn platformaga joylashtiriladi
Davlat rahbari yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtaldi.
Birlamchi tibbiyot tizimini aholimiz talabiga moslashtirish ishlarini davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tibbiyot brigadalarini shifokorlar bilan to‘liq to‘ldirish, to‘liq stavkada ishlaydigan hamshiralarni ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sohada kadrlar yetishmasligining sababi aslida tizim shaffof bo‘lmagani oqibatida ko‘plab mutaxassislar ishga kira olmayotgani ekani qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga sohadagi barcha vakansiyalarni onlayn platformaga joylashtirib, kadrlarni ishga olish bo‘yicha shaffof tizim yaratish topshirildi.
Yangi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlari bitiruvchi kurs talabalari uchun ko‘p tarmoqli shifoxonalarda ish haqi to‘lanadigan internatura yo‘lga qo‘yiladi.