Times dunyoning eng nufuzli 100 kishisi reytingini e’lon qildi
Amerikaning Times jurnali dunyodagi eng nufuzli 100 kishining 2020 yilgi ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda 23 sentyabr kuni RIA Novosti xabar berdi.
Nufuzli shaxslar toifalarga bo‘lindi – “Titanlar”, “Innovatorlar”, “San’at arboblari”, “Yetakchilar” va “Kumirlar”.
Joriy yilda rossiyaliklar hech bir toifadan joy olmadi. Oldingi yillarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha bor eng nufuzli shaxslar ro‘yxatidan joy egallagan edi.
Joriy yilda “Yetakchilar” toifasi reytingidan AQSh allergik va yuqumli kasalliklar Milliy instituti direktori Entoni Fauchi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning bo‘lajak saylovlardagi raqibi Jo Bayden, Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin, Germaniya kansleri Angela Merkel va boshqalar joy oldi.
Times jurnali Google Bosh direktori Sundar Pichchai, Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan, dunyodagi eng badavlat inson Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott, AQSh Federal zaxirasi rahbari Jerom Pauell, “Formula–1” poygalarining olti karra chempioni Lyuis Xemilton va boshqalarni “Titanlar” deb atadi.
“Novatorlar” toifasiga NASA astronavtlari Jessika Meyr va Kristina Kuk, Uxan institutining yetakchi virusologlaridan biri Shi Chjenli va boshqalar loyiq topildi.
“San’at arboblari” toifasida qo‘shiqchi Selena Gomkz, aktyor Fibi Uoller-Brij, janubiy koreyalik rejissyor Pon Chjkn va violonchelist Yo Yo Ma o‘rin egalladi.
“Kumirlar” toifasida “Black Lives Matter” harakati asoschisi Anjella Devis, tennischi Naomi Osaka va boshqalar joy oldi.