Tixanovskaya Lukashenkoga ultimatum e’lon qildi
- 14.10.2020 15:00
- 335
- Iqtisodiyot
Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenkoga ultimatum (belgilangan vaqt ichida bajarilishi shart bo‘lgan talab) e’lon qildi. Bu haqda Tixanovskaya o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.
“Siyosiy inqiroz, zo‘ravonlik va qonunbuzarliklar boshlanganiga ikki oy bo‘ldi – yetarli endi. Quyidagi talablarni bajarish uchun tizim ixtiyorida 13 kun bor: Lukashenko iste’foga chiqishi haqida e’lon qilishi, ko‘chadagi zo‘ravonliklar butunlay to‘xtatilishi, barcha siyosiy mahbuslar ozod qilinishi kerak. Bizda tayyorgarlik ko‘rish uchun 13 kun vaqt bor va shu vaqt mobaynida Belarus xalqi tinch va qat’iyatli namoyishlarga chiqishda davom etadi”, yozdi Tixanovskaya Telegram sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda respublika bo‘ylab ommaviy namoyishlar avj oladi, tashkilotlarda milliy ish tashlash e’lon qilinadi, yo‘llar yopiladi va davlat do‘konlaridagi savdo yo‘q qilinadi.