Lukashenko yangi Konstitutsiya bilan prezidentlik lavozimida qolmasligini ma’lum qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning yangi Konstitutsiyasi bilan prezidentlik lavozimida qolmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Belarus agentligi xabar berdi. 

“Men Konstitutsiyani o‘zimga moslab to‘g‘irlamayapman. Yangi Konstitutsiya bilan men prezident sifatida ishlamayman. Shu sababli tinchlaning va buni xotirjam qabul qiling”, dedi mamlakat rahbari.

Shuningdek, u “yangi Konstitutsiyani qabul qilib, kimdir saylovlarni qalbakilashtirishiga yoki yangi Konstitutsiya bo‘yicha natijalarni o‘zgartirishiga” yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. 

“Men yangi Konstitutsiya tarafdoriman. Biroq qandaydir demokratiyaning olib kelinishi uchun emas. Gap demokratiyada ham emas. Meni bu vaziyatda xavotirga solayotgan narsa - bu noqonuniy prezidentga bunday Konstitutsiyani topshirib bo‘lmaydi. Falokat bo‘ladi”, deb alohida ta’kidladi u.

Aleksandr Lukashenkoning fikriga ko‘ra, Belarus Konstitutsiyasi judayam jiddiy va respublikaning Asosiy qonuni bor.   

“Ha, biz yangi Konstitutsiya qabul qilishimiz zarur. Biroq mamlakat uchun manfaatli konstitutsiya, keyinchalik u qulamasligi uchun”, deya qo‘shimcha qildi u.