Yevropa Ittifoqi Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi

Yevropa ittifoqining 27 mamlakati tashqi ishlar vazirlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risida siyosiy qaror qabul qildi. Bu haqda «Izvestiya» nashri xabar berdi.

Lukashenkoning “erkin va adolatli bo‘lmagan” inauguratsiyasi sanksiyalar joriy etilishiga sabab etib ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda TASS agentligi.

Oktyabr oyining boshida Yevropa Ittifoqi Belarusning 40 nafar mansabdoriga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. O‘shanda “prezident saylovlari natijalarini soxtalashtirish, zo‘ravolik va inson huquqlarini poymol qilish” sanksiyalar joriy etilishiga sabab etib ko‘rsatildi. Shu bilan birga, prezident Aleksandr Lukashenko sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan edi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bu holatni YeI Aleksandr Lukashenkoni YeXHT vositachiligi yordamida muxolifat bilan muzokara boshlashiga ko‘ndirishga harakat qilayotganligi, siyosatchini qora ro‘yxatga kiritish esa uni rad javobini berishini oqlashi mumkinligi bilan tushuntirgan edi.