Tojikistonning amaldagi prezidenti navbatdagi saylovlarda ishtirok etadi

Tojikistonning hukmron Xalq demokratik partiyasi 11 oktyabr sanasida o‘tkazilishi kutilayotgan prezidentlik saylovlariga o‘z rahbari, davlatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmon nomzodini ilgari surdi. Bu haqda 3 sentyabr kuni RIA Novosti muhbiri xabar berdi.

Rahmon nomzodini yig‘ilishning barcha 1000 nafar delegati bir ovozdan ma’qulladi. Mamlakat prezidentining o‘zi yig‘ilishda ishtirok etmadi. U Tojikiston Milliy gvardiyasiga asos solinganligini 25 yillik bayram tantanalarida edi.

Respublikaning yetti partiyasidan beshtasi o‘z nomzodlarini aniqlab olishdi. Faqatgina mamlakatning Kommunistlar partiyasi o‘z nomzodini 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda aniqlaydi.

Tojikistonning Sotsial-demokratik partiyasi prezidentlik uchun o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surmaslikka va boykot e’lon qilishga qaror qildi.

Joriy yilning 11 oktyabr kuni 1991 yildan buyon mamlakatda oltinchi marotaba prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 1994 yildan buyon saylovlarda Emomali Rahmon g‘alaba qozonib kelmoqda. Mamlakatda, prezident yashirin ovoz berish orqali yetti yilga saylanadi. Saylovlar natijasi haqiqiy deb tan olinishi uchun kamida 50 foiz saylovchi saylovlarda ishtirok etishi lozim.