Toshkent dunyoning yashash uchun arzon shaharlari beshligiga kirdi

The Economist Intelligence Unit (EIU) tadqiqot kompaniyasi pandemiya tufayli qaysi shaharlar eng qimmat bo‘lganini aniqladi.

Tahlilchilar 2020 yil boshidan dunyo bo‘yicha 133 shaharlardagi 140 ga yaqin mahsulot va xizmatlar narxlarini taqqosladi.

➖ Butunjahon tadqiqotning qimmat shaharlar o‘nligiga Syurix, Parij, Gonkong, Singapur, Tel-Aviv, Nyu-York, Jeneva, Los-Anjeles va Kopengagen kirdi.

➖ Eng arzon shaharlar esa Olmaota, Karakas, Lusaka, Toshkent va Damashq ekani ma’lum bo‘ldi.

The Economist nashri yozishicha, pandemiya paytida masofadan ishlashga o‘tish ko‘pgina xarajatlar tuzilishini o‘zgartirib yubordi. Masalan, aksariyat odamlar uyda ishlashga o‘tishlari bilan noutbuk va kompyuterlar narxi oshdi — 2019 yilga nisbatan o‘rtacha 18,7 %. Do‘konlar faoliyati cheklangani bois kiyim-kechak va poyabzallar savdosi sustlashdi, ushbu mahsulotlarning narxlari keskin tushib ketdi.

Tamaki, alkogol mahsulotlariga talab sezilarli oshdi, ularning narxlari ham ko‘tarildi. 2020 yil boshida makaron va hojatxona qog‘ozlarini vahimali sotib olish — keyinchalik tanqislik va qimmatlashishga olib keldi. Koronavirus tarqalishi ortidan Uxan (Xitoy)dagi yirik ishlab chiqaruvchi markaz yopildi va bu maishiy texnika ishlab chiqarish kechikishiga sabab bo‘ldi.