Toyloq tumani tibbiyot birlashmasining ichki kasalliklar bo‘limi kuz-qish mavsumiga tayyorlanmagan

Bu holat viloyat ishchi guruhi tomonidan aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, issiqlik tizimi ta’mirlanmaganligi sababli, bemorlar tomonidan elektr isitkichlardan foydalanyapti. Xonalarda yoritish tizimi sozlanmagan, tom qismi ta’mirlanmaganligi bois tashqi devorlarda namlanish yuzaga kelmoqda.

Ishchi guruh shuningdek, tumandagi ko‘p qavatli uylarda ham bir qator kamchiliklarni aniqlagan.
Xususan, yo‘l yoqasidan oqib kelayotgan suvlar to‘g‘ri Bog‘ichinor mahallasidagi 2 va 3-uylarning yerto‘lasiga tushmoqda. Uylarning atrofiga to‘liq irrigatsiya tarmoqlari hamda tungi yoritgichlar o‘rnatilmagan.

Xo‘jaqishloq mahallasidagi 1 va 2-uylar atrofida irrigatsiya tarmoqlari yo‘q. Bog‘izag‘on mahallasidagi 1, 2 va 3-uylarga esa gaz tarmog‘i tortilmagan.
Tumandagi 1- hamda 12-umumiy o‘rta maktablaridagi qozonlarning dudbo‘ronlari noto‘g‘ri montaj qilingan, saqlovchi klapanlar va manometrlar o‘rnatilmagan.
O‘ylaymizki, muamolar tez kunlarda bartaraf etilib, jamoatchilikka ma’lum qilinadi.