Toyloqda "Damas" ikki yo‘lovchini urib ketdi
- 11.06.2024 10:39
- 292
- Hodisa

Kecha, 10 iyun kuni soat 18:10 lar atrofida Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi «Qo‘rg‘oncha- Qunduzak» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Damas» rusumli avtomashina yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda ushbu fuqarolar va transport vositasi ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
"YTH oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q, - deya xabar beradi viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati. - Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda".
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ustoz qadri – millat tafakkurining o‘lchovi
- 60 daqiqa avval
- Ta’lim
Ko‘bay boboning kamgap nevarasi
- 2 soat avval
- Ta’lim
Hayotimizni o‘zgartirgan 36 soat
- Bugun, 11:13
- Jamiyat
Ibn Sino izdoshi
- Kecha, 16:56
- Mutolaa