“Turing, sud kelyapti”: Eng g‘alati sud ishlari

Dunyoning ba’zi mamlakatlarida mutlaqo bema’ni sabablarga ko‘ra sudga murojaat qilingan holatlar juda ko‘p. Bunga o‘g‘irlangan dengiz to‘lqini yoki o‘z joniga qasd qilib, uddasidan chiqa olmaslik bo‘yicha qilingan da’volar misol bo‘la oladi. Qayg‘ulisi, bu odamlarning hammasini bir narsa - yo‘q joydan pul topish istagi boshqaradi.

Bugungi maqolada haqiqatan ham sudlarda ko‘rib chiqilgan kulgili va g‘alati ishlar bilan tanishamiz.

“Mikrovolnovkada isitilgan” mushuk


 
Ehtimol, bu eng mashhur va eng g‘alati sud ishidir: 2000 yilda amerikalik keksa ayol Meri Luiz Parker mikroto‘lqinli pech ishlab chiqaruvchilarni sudga berdi. Chunki ular ko‘rsatmalarda mushukni pechda pishirish mumkin emasligini aytmagan. Tukli hayvon bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisadan so‘ng, sud ishlab chiqaruvchi xonim foydasiga katta pul to‘lashga majbur qildi va bundan buyon mikroto‘lqinli pechlar ko‘rsatmalarida mushuklar haqida ogohlantirish yozib qo‘yish majburiyatini yukladi.

O‘zimni o‘zim tarbiyalamoqchiman...


Bu odamda boylik orttirish istagi yo‘q edi, biroq... 1874 yilda kanadalik sudya Frensis Evans Kornish o‘ziga qarshi sud majlisini o‘tkazdi. Unga sud vakilining, ya’ni o‘zining jamoat joylarda mast holda yurgani ayblovi qo‘yilgan edi. Kornish ayblanuvchi 5 dollar jarima to‘lashini buyurib hukm chiqardi. Sal o‘tib, u o‘zining o‘tmishdagi namunaviy xulq atvorini o‘rtaga solib, chiqargan hukmini bekor qildi.

Esnash qat’iy man etiladi!

2004 yilda Shri-Lankada sud zalida esnagan erkak sudlandi. U sudga qarab, nafrat bilan esnaganlikda ayblandi, bu esa hakamni g‘azablantirdi. Bechora "sudga hurmatsizlik" moddasi bo‘yicha bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Qahvaxo‘rlik qilamiz...

Qahva qaynatgich sotib olmoqchi bo‘lgan bir ayol supermarketni sudga berdi. Mahsulotlar qutilarda bir-birining ustiga qo‘yilgan edi. Pastki qutini chiqarib olganidan so‘ng, tepadagilari ayolning boshiga kelib tushdi. U supermarket xodimlarini agar pastki qutini olsa, uni kutayotgan xavf haqida ogohlantirmaganlikda, o‘zi esa jismonan shikastlanganini aytib savdo xodimlarni sudga berdi.

Futbolkadagi surat

Bir amerikalik qiz “Obama mening qulim!” yozuvi tushirilgan futbolka kiyib yurganida Nyu-Yorkning afroamerikaliklar yashaydigan kvartalda to‘rt qora tanli yigit hujumiga uchradi. Shunda u futbolka ishlab chiqaruvchilarni sudga berdi.

 

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.