Turkiyada sayyohlik avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi

Sayyohlar bo‘lgan mikroavtobus mahalliy vaqt bilan soat 10.30 atrofida Gesterli qishlog‘i yaqinidagi trassada ustunga borib urilgan. "Yo‘l transport hodisasi natijasida haydovchi, gid hamda Braziliya, Kolumbiya, Meksika, Boliviya, Urugvay, Argentinadan 12 nafar sayyoh jarohat oldi",  deyiladi agentlik xabarida.

Jarohatlanganlarga yordamga ketayotgan tez yordam mashinasi ham avariyaga uchragan. Yomg‘irdan keyin muz tufayli ag‘darilib ketgan transportdagi olti shifokor jarohat olgan.

Taxminan shu vaqtda Aktash provinsiyasida yana bir sayyohlik mikroavtobusi ag‘darilib ketishi natijasida 59 yoshli yo‘lovchi halok bo‘lgan, 27 kishi jarohat olgan.