Turkiyada Imom Buxoriy asarining noyob qo‘lyozmasi nusxasi topildi

Ayni kunlarda Toshkent shahridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk allomalar siymosini yaratish loyihalari va ularni xalqaro darajada ommalashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida haftalik davom etmoqda.

Haftalik tadbirlarida Turkiyada Imom Buxoriyning «Sahihi Buxoriy» qo‘lyozmasi nusxasi kashf etilgani ma’lum bo‘ldi. 

Pamukkala universiteti kutubxonasida saqlanuvchi bu asarning yoshi 825 yilga teng bo‘lib, qadimiy nusxa sifatida jahondagi muhim madaniy merosga qo‘shilgan. Haftalik davomida boshqa noyob asarlar ham taqdim etilmoqda.

Odamlar orasida «Sahihi Buxoriy», «Al-Jome’ As-Sahih» kabi nomlar bilan tanilgan ushbu kitob ayrim manbalarda Qur’oni karimdan keyingi eng ishonchli va sahih kitob ekanligi haqida ma’lumotlar bor.