Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tushkunlikdan qanday qutulish mumkin?

Agar kishi o‘ziga yetgan musibat va shu kabi ko‘ngilsizliklarga bu ham Allohning qazo va qadari, menga yuborgan bir imtihoni, deb qarasa, musibatlarni yengish va tushkinliklardan chiqib ketishi oson bo‘ladi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Allohning taqdiriga ko‘nganlar o‘zlariga sog‘liq va xotirjamlik kabi yaxshi narsalar kelganida, bu ne’matlarni Allohdan bilib shukr qiladilar. Boshlariga xastalik va falokat kabi nafsiga yoqmagan yomonliklar kelganida, ularni Allohdan kelgan sinov sifatida qabul qilib, sabr qiladilar. Oqibatda har ikkisi ham ular uchun xayrlidir. Chunki shukr qilganlari uchun shukr savobi, sabr qilganlari uchun sabr savobini oladilar va har ikki holatda ham foyda ko‘radilar.

Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: “Mo‘minning har qanday holi yaxshi. Uning har qanday holi (sog‘liq yo bemorlik bo‘lsin) o‘zi uchun xayrlidir. Va bu faqat mo‘minlarga xosdir. Unga yaxshilik kelsa shukr qiladi; Bu uning uchun xayrli bo‘ladi. Agar unga yomonlik (xastalik, musibat) kelsa, sabr qiladi; Bu ham uning uchun xayrli bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolarimiz hayotda qandaydir muammo va to‘siqlarga duch kelib qolgan insonlarga hadislar kelgan: “Ya Haliymu ya Aliym, ya Aliyyu ya Aziym”, duosini o‘qib so‘ng Allohdan astoydil va chin ixlos bilan so‘rasa, inshaalloh U Zotning yordami bilan muammolardan xalos bo‘ladi, degan.