Tushunmovchiliklarga barham berilib, bozorda tartib o‘rnatildi
2020 yil 14 mart kuni “Zarafshon” gazetasi va “Zarnews.uz” saytida “Bozorda tartib bo‘ladimi?” sarlavhali tanqidiy maqola e’lon qilingan edi.
Ushbu maqola yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani markazida joylashgan “Payshanba dehqon bozori”da o‘rganish ishlari olib borildi. Bozordagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Hozirda bozorda tozalikka rioya qilinib, sotilayotgan mahsulotlar sanitariya talablariga mos holatga keltirildi.
Bozordagi mahsulotlar alohida-alohida rastalarga qo‘yildi. Ochiq holda sotilayotgan qandolatchilik mahsulotlarining usti maxsus matolar bilan yopildi. Bozor ma’muriyati va tadbirkorlar o‘rtasidagi chek bo‘yicha muammoga barham berildi. Bozordagi qassoblarning ochiq holda go‘sht sotishiga chek qo‘yildi va mahsulotni alohida rastalarda sotish ta’minlandi.
Bozor hududidagi oshxonalar tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan sanitariya talablariga mos holga keltirildi.
Bozor ma’muriyatiga doimiy ravishda tartib saqlashinishi bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati.