Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uch nafar fuqaro daryodan qutqarib olindi

Kecha Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Chinoz tumani, Yangi Chinoz shaharchasi hududida joylashgan Chirchiq daryosida mator qayiqda ov qilish maqsadida qirg‘oqdan 400 metr uzoqlikda, ikki soat mobaynida mator qayiqda trosga o‘ralib, qolib ketgan fuqarolar yordam so‘rab murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, Chinoz tumani, Yangi Chinoz shaharchasi hududida joylashgan Chirchiq daryosida harakatlanib ketayotganda mator qayiq daryo qumini chiqarib olish texnologiyasi (zemsnaryad)ni ushlab turuvchi temir trosga o‘ralib qolib taxminan 2 soat davomida qayiq ichida qolib ketishgan.

Voqea yuzasidan Chinoz tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida 3 nafar fuqaro sog‘-salomat qutqarib olingan.