Favqulodda vaziyatlarda aholi va ularning mol-mulki zarar ko‘rmasligi kerak

Viloyat hokimi E.Turdimov 2022 yil 31 martda viloyat hududida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga oid farmoyish qabul qildi.

Unga ko‘ra, viloyat hududida favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida boshqarmalar, idoralar, jamoat tashkilotlari va tuman (shahar)lar hokimliklari mas’ul xodimlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishiga erishish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, mavsum davomida aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati hududida 2022 yil 1 apreldan 1 mayga qadar “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilishi belgilandi.