Urgutda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs qo‘lga tushdi

Urgut shahrida yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs yana qing‘ir yo‘lga kirdi.

U 1983 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqarodan 787 gramm geroin giyohvand moddasini 12 ming AQSh dollariga sotib olib, uning avtomashinasida tuman markazi tomon harakatlanayotgan vaqtida ular Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi, viloyat IIB va bojxona boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.