Urgutda ikki oyda 22 milliard so‘m bank qarzdorligi undirilgan

Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi xabariga ko‘ra, byuro bo‘limi ish yurituvida tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 1 392 ta 114 milliard so‘mlik ijro hujjatlari mavjud. Shundan 120 tadan ortig‘i tamomlanib, 22 milliard so‘mlik qarzdorlik undirilgan.

- Ijro hujjatlari yuzasidan jami 342 ta 98 milliard so‘mlik mol-mulk xatlanib, 132 ta 98 milliard so‘mlik mol-mulk onlayn auksion savdolariga chiqarilgan, - deydi Byuroning Urgut tuman bo‘limi boshlig‘i Sohib Ernazarov. - Qarzdorlardan tijorat banklari foydasiga kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 415 nafar shaxsning 7,6 milliard so‘mlik qarzdorligini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, undiruv ish haqiga qaratilgan.

Jumladan, Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor "S.T.S" MChJ hisobidan undiruvchi ATB "Qishloq qurilish bank"ning Samarqand mintaqaviy filiali foydasiga 13 milliard so‘m kredit qarzdorligi undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha 6 milliard 347 million so‘m kredit qarzdorligi undirilib, qolgan qarzdorlik yuzasidan garov mulki bo‘lgan ko‘chmas mulklari savdoga chiqarilmoqda.