Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda “Telegram” orqali fuqarolarni haqoratlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

21 iyul kuni Urgut tumanida yashovchi fuqaro Sh.Sh. “Telegram” internet ijtimoiy tarmog‘idagi guruhda tumanning “G‘o‘s” mahallasida yashovchi fuqarolarni haqoratlaganligi aniqlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi.

Olib borilayotgan surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Urgut tumani “G‘o‘s” mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.B. ismli shaxs fuqaro Sh.Sh.ni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli ular o‘rtasidagi ziddiyat paydo bo‘lgan. Oqibatda bu ziddiyat yuqoridagi janjalga sabab bo‘lgan. Hozirda I.B.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Biroq ayni damda fuqaro I.B. Rossiya Federatsiyasida. Urgut tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu shaxsni jinoyat ishiga aloqadorligini aniqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.