Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda yuk avtomobilida suyultirilgan propan gaz sig‘imining yorilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Urgut tumanida “ZIL-130” rusumli yuk avtomobilida suyultirilgan propan gaz sig‘imining yorilishi bo‘yicha birlamchi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 14 iyun kuni soat 17:40 larda Urgut tumani “Kenagas” mahallasi hududida joylashgan maishiy gaz ballonlarini propan gazi bilan to‘ldirish shoxobchasida “ZIL-130” rusumli yuk avtomobilidan suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida propan sig‘imi yorilgan. 

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida yuk avtomobil haydovchisi va shoxobcha ishchisi voqea joyda halok bo‘lgan.

Hozirda hodisa sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.                   

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.