Uxlamaydi va qarimaydi. Yakov Siperovich, u kim?

Bugun sizni haqiqiy fenomen hisoblanadigan inson bilan tanishtirmoqchimiz. Ko‘pchilik bu voqeani eshitgan bo‘lishi mumkin, negaki u 1979 yilda jamoatchilikni hayratga qoldirgan.

Qissaning boshlanishi ham oddiy emas. Minsk shahrida yashovchi Yakov 26 yoshida rashkchi xotini tomonidan zaharlangan. U kasalxonaga olib kelinganida klinik o‘lim holatida edi. Aynan shu yerda mo‘’jizalar boshlandi. Gap shundaki, bu holatda u bir soat atrofida bo‘ldi va shuning o‘zi fenomenal hodisa, chunki inson miyasi qobig‘ining hujayralari yurak to‘xtaganidan 3-5 daqiqa o‘tgach halok bo‘ladi. Bundan ham katta g‘alatiliklar bir hafta o‘tgach, Yakov o‘ziga kelganida boshlandi. U butunlay boshqa shaxs sifatida uyg‘ondi va o‘z nomini jahon tarixiga abadiy yozib qoldirdi.

Yakov uxlash qobiliyatini yo‘qotdi

Ha, siz to‘g‘ri tushundingiz. Oddiy odam uchun juda zarur bo‘lgan uyqu Yakov uchun mutlaqo foydasiz bo‘lib qoldi. Qizig‘i shundaki, dastlabki oylarda u hatto gorizontal holatni ham egallay olmay qoldi, u yonboshlab yotishga harakat qilishi bilanoq, ko‘rinmas bir kuch uni yotoqdan turtib yuborardi.

Dahshat va vahimaga tushgan Yakov bu holatga o‘rganib olguncha bir necha yil o‘tdi. Keyin u tananing bunday xususiyati bilan yashash mumkinligini tushunib yetishga muvaffaq bo‘ldi: u ko‘p kitob o‘qishni, she’r yozishni va tunda yurishni boshladi.

Eng yaxshi shifokorlar ko‘rigi ham uning ahvolini aniqlashga yordam bermadi. Barcha tekshiruvlar tananing normal holatda ekanligini ko‘rsatdi. Faqat 33 dan 35 daraja oralig‘ida o‘zgarib turgan tana harorati yagona og‘ish edi.

1995 yilda Yakov yoga bilan shug‘ullanib, o‘z-o‘zini mushohada qila boshladi, bu unga uxlamasdan dam olish imkonini berdi. O‘zida she’riyat va falsafa iste’dodlarni kashf etdi, shuningdek u odamlarning his-tuyg‘ularini ham his eta boshladi.

Umuman olganda, Yakov o‘z hayotini yo‘lga solib oldi, u uylandi, o‘g‘illi bo‘ldi. Oilasi bilan Germaniyaga ko‘chib o‘tdi, u yerda hayotining tinch, uyg‘un davrni boshladi. Yakovning ta’kidlashicha, uning hayoti oddiy odamning hayotidan unchalik farq qilmaydi. Faqat tunda uxlash o‘rniga u ko‘p o‘qiydi, she’r yozib, mulohaza qiladi.

Hozir Yakov 68 yoshda, e’tibor bering-a, u qarimaydi, qanday ajoyib shunday emasmi? Shifokorlar va olimlar haligacha bu jumboq sirini ocha olmaydi. Vaqt o‘tishi bilan unga bo‘lgan qiziqish so‘na boshladi, aftidan fan yulduzlari bu “boshqacha” odamni tezroq unutishga harakat qilgan. Bizning qahramonimiz esa bundan xursand, chunki ortiqcha e’tibor unga yoqmaydi, axir u to‘g‘risida doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida muhokamalar bo‘lar, hujjatli filmlar suratga olingandi-da.

Yakov endi deyarli unutilib, tinch hayot kechirishga muvaffaq bo‘ldi. Olimlarning bu hodisani ochishga harakat qilmayotgani g‘alati tuyulmoqda. Shunday emasmi?

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.