Uy-joyga subsidiya olish uchun oilaning oylik daromadi qancha bo‘lishi kerak?
- 23.11.2021 17:42
- 1119
- O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olishda davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi uchun oilaning o‘rtacha oylik daromadi hisobga olinadi.
Shu jihatdan oylik daromad:
• qishloq joylarda — 2 466 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori uch baravari). Shu bilan birga 5 671 800 so‘mdan yuqori ham (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 6,9 baravari) bo‘lmasligi kerak;
• shaharlarda — 2 466 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 3 baravari) va 6 576 000 so‘mdan yuqori bo‘lmasligi (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 8 baravari ) kerak;
• Toshkent shahrida — 2 466 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi va 7 562 400 so‘mdan oshmasligi (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 9,2 baravari) lozim.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa