“UzAuto Motors” modernizatsiya ishlaridan so‘ng ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda
- 25.09.2021 09:38
- 296
- Iqtisodiyot
Joriy yilning iyul oyi o‘rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borildi.
Shuningdek, yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti hamda Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan edi.
Kecha “UzAuto Motors” kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.
“UzAuto Motors”ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800 dan ortiq avtomobilga yetdi.
Majburiy tanaffusdan so‘ng, ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi, deyiladi kompaniya axborotida.
Teglar:
UzAuto Motors