V Para Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston yoshlari birinchi o‘rinda

Kecha Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi tantanali kutib olindi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza - jami 197 ta medalni qo‘lga kiritib, 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi sportning para yengil atletika, para taekvando, bochcha, para suzish, para armrestling, para pauyerlifting sport turlari bo‘yicha ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: 2021 yil Bahraynda o‘tkazilgan IV Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 16 ta medal (11 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza) olib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallagan edi.