Vashington Interpol departamenti vakillari Samarqandga keldi

Vashington interpol departamenti direktori U.Salzgaber boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi IIV Interpol markaziy byurosi rahbari, polkovnik R.Isroilov hamrohligida Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Raxmonov bilan uchrashib, xavfsizlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida o‘zaro fikr almashishdi. Boshqarmada yaratilgan sharoitlar hamda xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng mehmonlar Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor maskanlari - Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Amir Temur, Xoja Doniyor maqbaralari, Bibixonim masjidi, Registon mamajmuasini tomosha qildi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.