Velosiped – ommabop va hammabop transport!

Velosipedni avtomobildan ancha qulay ekanligini bildiruvchi 15 ta sababni bilasizmi? Ha, deysizmi? Unda bu maslahatlarimiz «ikki oyoqli» harakatlanish vositasi bilan yanada yaqinroq tanishib olishingizda qo‘l keladi.

1. Velosiped haydovchisini benzin tanqisligi muammosi umuman bezovta qilmaydi.
2. Velosipedchini tirbandlik bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi. Ilojsiz qolgan hollarda uni yo‘lakda yetaklab yurish ham mumkin.
3. Hatto dabdalasi chiqib ketganda ham portlamaydi, ham yonmaydi.
4. Buzuq velosipedni g‘ildiragi, pedali va zanjiri bo‘lsa bo‘ldi, joyidan jildirish mumkin. Faqat pedalni qattiqroq aylantirsangiz bo‘ldi.
5. Haydovchi velosiped g‘ildiraklarining dami chiqib ketgan bo‘lsa, domkrat izlashga hojat yo‘q.
6. Hali birorta velosiped haydovchi uning «mashinasi» uzoq vaqt buzilib qolganidan jahli chiqmagan.

7. Velosipedni ta’mirlash hech qachon uzoq vaqt olmaydi.
8. Velosiped egalari uchun parkovka muammo emas. Uni saqlash uchun doim joy topiladi.
9. Uni hohlagan joyga qo‘yish mumkin.
10. Velosiped avtomobil tirbandliklarida «tiqilib» qolmaydi.
11. Velosiped haydovchi u bilan hohlagan joydan yurish mumkin. Hoh u piyodalar yo‘lagi, hoh yer osti va temir yo‘ldan o‘tish yo‘llari bo‘lsin farqi yo‘q. Bir harakat bilan piyodaga aylanib yetaklab ketishi mumkin.

12. Velosiped egasiga haydovchilik guvohnomasi shart emas.
13. Velosiped haydovchilar yo‘l-yo‘lakay bir-biri bilan suhbatlashib ketishlari mumkin.
14. Uni yoshidan qat’iy nazar barcha haydashni uddalaydi.
15. Eng muhimi, velosiped hech qachon havoni iflos qilmaydi.
Xullas, sizga tavsiyamiz, velosiped sotib oling, u ham sog‘ligingiz uchun, ham cho‘ntagingiz uchun foydali.

Dil MUROD tayyorladi.