Viloyat bojxona boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga binoan bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi DBQ axborot xizmati.

Bojxona xizmati polkovnigi Mirzarahimov Yakub Hakimovich Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Ya.Mirzarahimov Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona instituti boshlig‘ining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.