Viloyat fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari Kengashiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari Kengashi raisining 2024 yil 12 martdagi buyrug‘iga asosan Rabbimov Abror Mehriddin o‘g‘li viloyat fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Abror Rabbimov 1987 yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot fakulteti magistratura yo‘nalishini tugatgan.
Ko‘p yillar tumandagi “Domla Abroriy UMR” fermer xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lgan. 2018 yildan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ishlab, bo‘lim boshlig‘ining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
A.Rabbimov 2020 yildan ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Ishtixon tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.