Viloyat mahalliy byudjetning 2021 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2022 yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari haqidagi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi “Samarqand viloyati mahalliy byudjetning 2021 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2022 yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi VI-53-126-7-0-K/21-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 147-moddasiga, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarining 2022 yil 23 dekabrdagi (1067/01-30-sonli) bildirgisi, viloyat moliya bosh boshqarmasining 2022 yil 16 dekabrdagi (01/01-38/937-sonli) xulosalariga asosan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi oltinchi chaqiriq, yetmish to‘qqizinchi sessiyasi QAROR QILADI:

1. Viloyat hokimining o‘rinbosari J.O‘roqov va viloyat moliya bosh boshqarmasining xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi “Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2021 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2022 yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagidalar:

xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi “Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2021 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2022 yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi VI-53-126-7-0-K/21-sonli qarori 2-ilovasiga 1-ilovaga muvofiq:

xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi “Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2021 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2022 yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi qarori 3-ilovasiga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.

3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi qaroriga kiritilgan o‘zgartishlardan kelib chiqib, barcha shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasini xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlari sessiyalari muhokamasiga kiritish tavsiya etilsin.

4. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev) viloyat mahalliy byudjetining 2022 yilgi xarajatlari rejalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklansin.

Kengash raisi              E.Turdimov

2022 yil 29 dekabr

https://static.zarnews.uz/uploads/2/720__hchZsFAIFEnupAgxqkyFk8oHRKgtsBy0.jpg