Jomboydagi ikkita aholi punktining nomi o‘zgardi

Jomboy tumanidagi ayrim aholi punktlarini nomlash to‘g‘risida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining QARORI

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrdagi «Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida»gi Qonunining 4 va 9-moddalariga muvofiq, Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2023 yil 13 dekabrdagi yig‘ilish bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 9 yanvardagi (03/08-174-son) ekspertiza xulosasini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qson oltinchi sessiyasi QAROR  QILADI:

1. Quyidagilar:

Jomboy tumanidagi aholi punktlarining nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi (T.Mahmudov), viloyat statistika boshqarmasi (Sh.Abdiyev), Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvondiqov), Jomboy tumani hokimligi (Q.Sobirov) mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan aholi punktlari nomlarini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritishhujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.

3. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (R.Mamatov), Jomboy tumani hokimligi (Q.Sobirov) nomlanganaholi punktlariga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.

4. Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvondiqov), Jomboy tumani hokimligi (Q.Sobirov)  birgalikda nomlangan aholi punktlariga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida peshlavha va ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatilishini ta’minlasin.

5. Viloyat hokimligi axborot xizmatimatbuot kotibi (M.Mirzayev), «Axborot-kommunikatsiyatexnologiyalarini rivojlantirish markazi» davlat unitar korxonasi (N.Norbekov) ushbu qarorni Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.

6. Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) mazkur aholi punktlari nomlarni 10 kun muddatda davlat reyestri bazasiga kiritish choralarini ko‘rsin.

7.  Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Jo‘raqulov) va viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlattili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklansin.

Sessiya raisi                    ​​​​S.Usmonov

2024 yil, 23 fevral

VI -96-15-7-0-K/24

*Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil, 23 fevraldagi VI -96-15-7-0-K/24-son

qaroriga 1-ilova

Jomboy tumanidagi nom berilayotgan aholi punktlari

T/r

 

Geografik ob’yektning joylashgan o‘rni(MFY)

Nom berilayotgan aholi punkti

 

 

Respublika ekspertiza komissiyasi xulosasi

 

1.

 

«Dehqonobod» MFY

 

Jobi

 

 

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

 

2.

 

«Kattaqishloq» MFY

 

Katta Shirinkent

 

 

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq