Viloyatimizdagi "obod qishloq"qa aylanadigan mahalla va qishloqlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Obod qishloq” dasturi asosida joriy yilda Samarqand viloyatining 14 tumanidagi 28 qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilishi belgilandi. 
 

Obod etiladigan qishloqlar qatoriga Samarqand shahridagi “Shirin”, “Cho‘pon ota”, Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Do‘stlik” va “Navbahor” mahallalari ham qo‘shildi. 
 

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, dasturga kirgan mahalla va qishloqlardagi 17 ming 565 xonadonda 104 ming 113 kishi istiqomat qiladi. 
 

G‘olib HASANOV.