Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Vladimirlar - Putin va Zelenskiy telefonda suhbatlashdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.

“Ukraina tomoni tashabbusi bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi”, deyilgan xabarda.

Bir qator dolzarb masalalar bilan bir qatorda, mamlakat rahbarlari Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasini muhokama qildilar. 

“27 iyuldan e’tiboran kuchga kiradigan, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga ijobiy baho berildi... Tomonlarning kelishuvga so‘zsiz amal qilishlariga alohida e’tibor qaratildi va qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi”, deyilgan Kreml saytida.

O‘tgan haftada Minskdagi aloqa guruhi Donbassda tinchlikni bosqichma-bosqich ta’minlash kelishuviga erishgan edi. Kelishuvga binoan, Donetsk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasi (LXR) bir-biriga nisbatan hujumga o‘tish, o‘t ochish, mergandan (snayper) foydalanish, shuningdek, aholi yashash punktlariga qurol-aslahalar joylashtirish taqiqlanadi. DXR va LXR vakillari 27 iyul sanasidan boshlab muddatsiz o‘t ochish harakatlari to‘liq to‘xtatilganini e’lon qilishdi.