Voleybol: “O‘ztelekom” jamoasi chempion bo‘ldi

Samarqand shahrida erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining oliy liga uchinchi tur final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqandning “O‘ztelekom” jamoasi Toshkent shahrining “Oriyent” jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi. Toshkent viloyatining “AGMK” jamoasi esa uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

-  Viloyatimizning “O‘ztelekom” jamoasi voleybol bo‘yicha respublikada asosiy uchlikda qatnashib kelyapti, - deydi Samarqand shahar “Aloqa” voleybol sport klubi rahbari Sodiq Qulmurzayev. – Toshkentning “Oriyent” jamoasi bilan bir necha bor to‘qnash kelganligi bois, finalda sportchilarimizning qo‘li baland keldi.

Ahror ShAMSIYeV.