XDPdan prezidentlikka nomzod va uning dasturi tasdiqlandi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XIII qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Qurultoy kun tartibida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish hamda nomzodning dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Siyosiy tadbirda nomzod - Xalq demokratik partiyasidan partiya Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov dasturida ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik va xalq hokimiyatchiligi mezonlariga mos keladigan demokratik ijtimoiy davlatni barpo etish ekanligi qayd etildi.
Qurultoy delegatlari nomzod dasturi Xalq demokratik partiyasining ustuvor dasturiy g‘oya va maqsadlariga mos ekanini, dasturda partiya elektorati, aholining ehtiyojmand qatlami huquq va manfaatlari birinchi navbatda hisobga olinganini ta’kidladi.
Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatiladigan nomzodning dasturi ham tasdiqlandi.