Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

XDP: Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili uchrashuvi Qo‘shrabotda davom etdi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Badriddin Nasriyev Qo‘shrabot tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ishonchli vakil saylovchilarni nomzod saylovoldi dasturidagi tashabbuslar bilan atroflicha tanishtirdi. Xususan, dasturdagi fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga g‘amxo‘rlik qilish tashabbusi bo‘yicha yig‘ilganlarga bafurja tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv so‘ngida ishonchli vakil Badriddin Nasriyev saylovchilarning dastur bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berdi.